O‘zbekiston | 07:31 / 27.06.2022
27611
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada qizni ko‘chada urib-tepgan yigitning shaxsi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada yigit tanishi bo‘lgan qizni ko‘cha o‘rtasida urib ketgani haqida videoxabar tarqaldi. Holat Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Aniqlanishicha, joriy yil 25 iyun kuni Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi, o‘zaro tanish bo‘lgan fuqarolar A.D. va N.T. (ayol) o‘rtasida rashk tufayli kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Oqibatda, “Navbahor” MFY hududida A.D. N.T.ni qo‘l va oyoqlari bilan urib, tepib voqea joyidan ketib yuborgan. 
 
Hozirda mazkur holat yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, Dang‘ara tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, tekshiruv yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi. 

Bundan oldin to‘yda kelinchakni urgan kuyov kelinning iltimosi sabab javobgarlikdan qutulib qolgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid