O‘zbekiston | 13:11 / 28.06.2022
9730
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘lning bir qismi transport harakati uchun yopiladi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li bir qismida transport harakati cheklanadi.

Toshkent shahar transport boshqarmasi xabariga ko‘ra, Bo‘stonliq tumanida sportning velosport-shosse turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan 28-29-30 iyun kunlari soat 08:00 dan soat 14:00 ga qadar 4P12 «Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘» avtomobil yo‘lining 34-kilometri (Chirchiq platinadan start)dan boshlab 47-kilometrlari oralig‘ida transport vositalari harakati cheklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid