Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada 101 yoshli qariya konslagerda soqchilik qilganlikda ayblanib besh yilga qamaldi
Qariya hech qachon konslagerda xizmat qilmaganini aytib, aybini tan olmadi.
Germaniyaning Noyruppin shahri sudi Zaksenxauzen konsentratsion lagerining 101 yoshli sobiq soqchisini besh yilga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqardi.
U lagerdagi minglab mahbuslarning o‘limiga aloqadorlikda ayblandi.
Xabar qilinishicha, sud jarayoni to‘qqiz oy davom etdi. Ayblanuvchi hech qachon Zaksenxauzenda xizmat qilmagani, ayblov xulosasida ko‘rsatilgan vaqtda esa Meklenburgdagi fermada ishlaganini aytdi.
Ammo prokuratura uning aybini isbotlovchi tegishli hujjatlarni taqdim etdi.
Zaksenxauzendagi konsentratsion lagerda Ikkinchi jahon urushi tugaguniga qadar 200 mingdan ortiq mahbus saqlangan. O‘n minglab mahbuslar ochlik, kasallik, majburiy mehnat, tibbiy tajribalar oqibatida vafot etgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025