O‘zbekiston | 09:46 / 29.06.2022
1741
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda velosiped haydovchisi vafot etdi

VAZ-2106 mashinasi haydovchisi o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan velosiped haydovchisini urib yuborgan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 25 iyun kuni soat 21:20 larda 4R-286 Do‘stlik-Manas avtomobil yo‘lining Do‘stlik tumani «Manas» MFYdan o‘tgan 16-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

«Manas» MFYda yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi o‘z boshqaruvida bo‘lgan VAZ-2106 mashinasi bilan M39 xalqaro avtomobil yo‘nalishi bilan ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanayotgan «Manas» MFY da yashovchi velosiped haydovchisini urib yuborgan.

Oqibatda, 1979 yilda tug‘ilgan jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli kasalxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Do‘stlik tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Forish tumanida haydovchi VAZ-2105 mashinasi bilan piyodani urib yuborib qochib ketgan, oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgandi.

Mavzuga oid