Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil bosh vaziri lavozimini tark etadi
Isroil tashqi ishlar vaziri va «Yesh Atid» liberal partiyasi yetakchisi Yair Lapid mamlakatning yangi bosh vaziri bo‘ladi.
Isroil bosh vaziri Naftali Bennet mamlakat knesseti tarqatib yuborilishi fonida lavozimini tark etishini ma’lum qildi. Bu haqda Jerusalem Post gazetasi xabar berdi.
«Isroil davlatiga xizmat qilish mening burchim. O‘zimdan so‘ng farovon, kuchli va xavfsiz mamlakatni qoldiryapman», — dedi siyosatchi.
Isroil tashqi ishlar vaziri va «Yesh Atid» liberal partiyasi yetakchisi Yair Lapid mamlakatning yangi bosh vaziri bo‘ladi.
Mamlakatda parlament inqirozi «Yangi o‘nglar» deputatlari Idit Silman va Nir Orbak hukmron koalitsiyadan chiqishini ma’lum qilganidan keyin boshlandi.
20 iyun kuni knessetni tarqatib yuborish va yangi saylovlar e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu Isroilda 2019 yildan buyon beshinchi marta o‘tkazilayotgan parlament saylovlari bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025