O‘zbekiston | 14:35 / 30.06.2022
12684
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 29 yoshli ayolning sirka ichib joniga qasd qilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Avvalroq, Samarqand shahrining Bog‘bonlar mahallasida yashovchi kelin sirka ichib o‘z joniga qasd qilgani va holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotgani haqida xabarlar berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, 29 yoshli ayolning sirka ichib o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

«Samarqandda 29 yoshli ayol uksus kislotasidan zaharlanib, vafot etganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi», deyiladi, xabarda.

Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan aniqlanishicha, 2022 yil 24 iyun kuni Samarqand shahri Bog‘bonlar mahallasi Yangiravot ko‘chasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan N.M. sirkadan (uksus kislotasi) o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Samarqand filiali xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan.

2022 yil 27 iyun kuni N.M.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Qayd etilishicha, marhuma N.M.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Mavzuga oid