O‘zbekiston | 23:08 / 02.07.2022
18832
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonlik jurnalist: “Vaziyatdan tashqi kuchlar foydalanib qolishidan xavotirda edim”

Qoraqalpog‘istonlik taniqli jurnalist Hurliman Nurjanova tartibsizliklar avj olib ketishidan xavotirga tushgani, prezidentning so‘zlaridan keyin ancha xotirjam bo‘lganini aytdi.

“Shunday vaziyatda odamlarning emotsiyasidan foydalanadigan kuchlar tashqaridan kelishi mumkin degan qo‘rquvim bor edi”, dedi u va boshqalarni ham xotirjamlikka chorladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusga borib, Qoraqalpog‘iston aholisi bildirgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Konstitutsiyasining 70-75-moddalari o‘zgarishsiz qolishini ma’lum qildi.

Mavzuga oid