O‘zbekiston | 07:20 / 02.07.2022
10680
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi

Joriy yilning 2 iyul kuni Toshkent shahrining Olmazor hamda Yunusobod tumanlari ayrim hududlarida elektr energiyasi soat tonggi 05:00 dan 08:00 ga qadar vaqtinchalik o‘chiriladi. 

Foto: Kun.uz

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» xabariga ko‘ra, Olmazor hamda Yunusobod tumanlari hududidagi Ts-4, PS 110/10/6 kVli «Beshqo‘rg‘on» va PS 110/6 kV DOK, PS 110/6 kVli «Zenit» podstansiyalari L-DOK-1 va L-DOK-2 quvvati 110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Ushbu ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

Olmazor tumanidagi 21-sonli oilaviy poliklinika, ATS-248, Ruhiy kasalliklar shifoxonasi, Teri–dermatovenerologiya dispanseri, maktab, tadbirkorlik sub’yektlari, xususiy sex, «Ibrohim ota» MFY, «Taraqqiyot» MFY, «Mirpo‘latova» MFY, «Qorasaroy» MFY, «O.Hotamova» MFY, «Hasanboy» MFYda hamda Ibragimova, Qorasaroy, Chuqursoy, Shifokorlar shaharchasi, Oxunboboyev mavze va dahalarida joylashgan aholi xonadonlari hamda tadbirkorlik sub’yektlarida.

Yunusobod tumanidagi 6-, 7-, 8- va 9-dahalar, Sh.Kazakbayeva, Xolis, Beruniy, Hamkorobod, X.Rasulova, Hasanboy ko‘chalari hamda tadbirkorlik sub’yektlari, «Shodlik» MFY, «Sh.Kazakbayeva» MFY, «Beruniy» MFY, «Kattasoy» MFY, «Xolis» MFY, «Hamkorobod» MFY, «Ahrorobod» MFYda va «Hasanboy» mavzesida hamda «Korzinka» savdo kompleksida elektr energiyasi soat 05:00 dan 08:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid