O‘zbekiston | 12:55 / 04.07.2022
20335
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi

To‘qayev Qoraqalpog‘istonda qonunga zid xatti-harakatlarga chek qo‘yish bo‘yicha ko‘rilgan qat’iy chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida Qozog‘iston prezidenti davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpog‘istonda qonunga zid xatti-harakatlarga chek qo‘yish, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan qat’iy chora-tadbirlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatladi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shu jumladan sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, logistika, mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish nuqtayi nazaridan ko‘p tomonlama va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid