Jahon | 23:00 / 05.07.2022
15032
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya moliya va sog‘liqni saqlash vazirlari iste’fo berdi 

Britaniya xazinasi kansleri Rishi Sunak va sog‘liqni saqlash vaziri Sojid Jovid iste’foga chiqdi. 

Foto: Reuters

Jovid «sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot sohalaridagi misli ko‘rilmagan miqyosdagi muammolar» sababli lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters

O‘z navbatida, Sunak «jamoatchilik hukumat talab qilingan tarzda sifatli va jiddiy ishlashini kutayotgani»ni bildirdi. 

«Bu mening so‘nggi vazirlik faoliyatim bo‘lishi mumkinligini tushunaman, ammo bu standartlar uchun kurashish kerak va aynan shu bois iste’foga chiqyapman», — dedi u. 

Jovid vazirlik lavozimida bir yilga yaqin faoliyat ko‘rsatdi – undan avvalgi sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkok o‘tgan yili iste’foga chiqqandi.

Mavzuga oid