Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo prezidentlari 21 iyulda maslahatga yig‘iladi
Beshta davlat rahbarining oxirgi besh yil ichidagi to‘rtinchi maslahat uchrashuvi 21 iyul kuni Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida, Issiqko‘l bo‘yida bo‘lib o‘tadi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvi 21 iyul kuni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlarining 4 iyul kungi telefonlashuvi yuzasidan rasmiy Bishkek tarqatgan xabarda ma’lum qilindi.
21 iyuldagi uchrashuv Issiqko‘l bo‘yida, Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 4 iyulda Sadir Japarovdan tashqari, Qozog‘iston va Tojikiston prezidentlari bilan ham telefonlashdi hamda mazkur muloqotlarda Qoraqalpog‘istondagi vaziyat bilan birga, navbatdagi maslahat uchrashuvi haqida ham so‘z bordi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining an’anaviy maslahat uchrashuvini doimiy o‘tkazib borish taklifini 2017 yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasidagi ma’ruzasida ilgari surgan edi.
Birinchi sammit 2018 yil mart oyida Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda, ikkinchisi 2019 yil noyabrida Toshkentda, uchinchisi 2021 yil avgustida Turkmanistondagi “Avaza” sayyohlik maskanida bo‘lib o‘tdi.
O‘tgan yili oxirida Shavkat Mirziyoyev qozoq nashriga bergan intervyusida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi siyosiy muloqot “uchinchi davlatlar manfaatlariga qarshi qaratilmagani”ni aytgandi.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025