Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Metroning “Qo‘yliq” bekati vaqtincha yopiladi
11 iyuldan 18 iyulgacha Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar “Do‘stlik-2” va 6-bekat oralig‘ida qatnaydi. 7-bekat (“Qo‘yliq”) bu vaqtda avtomobil ko‘prigi qurilishi sabab ishlamaydi. Metroning bu yo‘nalishidagi qatnov vaqti avgust oyigacha bir soatga qisqartirilib, soat 23:00 da to‘xtatiladi.
Toshkent metrosining Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishidagi 7-bekati 11 iyuldan 18 iyulgacha vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi.
Bu – Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Qo‘yliq dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 7-bekatga yaqin qismida qolip konstruksiyalarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq.
1 hafta davomida Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati “Do‘stlik-2” bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.
Bundan tashqari, 11 iyuldan boshlab, avgustga qadar yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi. Metropoliten xabarida buning sababiga aniqlik kiritilmagan.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi rasmiy axborotda.
Avvalroq ob-havoning issiqligi sababli metro poyezdlarining harakatlanish tezligi pasaytirilgandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025