Jahon | 21:57 / 07.07.2022
11382
1 daqiqa o‘qiladi

Politsiya Nigeriyadagi cherkov yerto‘lasidan 77 kishini ozodlikka chiqardi 

Ruhoniylar odamlar cherkovda qolishi va Iso payg‘ambarning qaytishini kutishlari kerakligini ta’kidlashgan.

Foto: AP

Politsiya Nigeriyadagi cherkov yerto‘lasida Iso payg‘ambarning qaytishini kutayotgan 77 kishini ozodlikka chiqardi.

Politsiyachilar bir ayol farzandlari yo‘qolib qolganini bildirganidan so‘ng yordamga kelgan. Ayol bolalari cherkovda bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Patrul xodimlari cherkov yerto‘lasida mahalliy ruhoniy va uning yordamchisi tutib turgan 77 kishini topishgan.

Ruhoniylar odamlar cherkovda qolishi va Iso payg‘ambarning qaytishini kutishlari kerakligini ta’kidlashgan. Ma’lum bo‘lishicha, ayrim odamlar yerto‘lada bir necha oydan buyon tutib turilgan. 

Ruhoniy va uning yordamchisi qo‘lga olingan, biroq ular odamlarni majburan tutib turgani borasida dalil topa olishmagan — ko‘pchilik yerto‘lada o‘z ixtiyori bilan yashaganini ta’kidlagan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid