Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ko‘p yillik daraxtlar va butalar joylashgan yerlarni “E-auksion” elektron-onlayn tizimi orqali savdoga chiqarish taqiqlanadi
Bu haqda regulation.gov.uz saytiga joylashtirilgan Prezident qarori loyihasida belgilab qo‘yilgan.
Qaror loyihasida Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash ishlarini jadallashtirish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Jumladan
- Toshkent shahrida daraxtzor, butazorlar va yashil maydonlarni kengaytirish, yashil maydonlarni sug‘orish tizimida zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda dunyoning yetakchi yashil shaharlaridan biriga aylantirish;
- Toshkent shahri atrofida yashil o‘rmonzor va daraxtzorlar tashkil etish orqali “Yashil belbog‘” loyihasini amalga oshirish;
Shuningdek, qarorda yashil zonalarda hamda shahardan oqib o‘tayotgan kanal va anhorlarda bioxilmaxillikni ta’minlash, havoning ifloslanish darajasini muntazam monitoring qilib borish, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash va chiqindi suvlarni tozalash ishlarini amalga oshirishga e’tibor qaratish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, qaror loyihasida:
- 2022 yil 1 avgustdan Toshkent shahrida ko‘p yillik daraxtlar va butalar joylashgan bo‘sh yer maydonlarini “E-auksion” elektron-onlayn tizimi orqali savdoga chiqarishni taqiqlash;
- Toshkent shahrida kanallar va suv obektlarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish ishlarini bajarishda buyurtmachi vazifasini bajarishni – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasiga yuklash belgilangan.
Qarorda “Toshkent yashil belbog‘i” loyihasi doirasida bajariladigan ishlar uchun Toshkent shahar mahalliy budjeti qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratilishi belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
08:50 / 23.08.2023
Jizzaxdagi qurilishi tugallanmagan 4 ta bino 18 oyga bo‘lib to‘lash sharti bilan sotuvga qo‘yildi
11:11 / 21.07.2023
Yangi Toshkentdagi yer uchastkalari E-auksion orqali sotiladi
11:57 / 23.06.2023
Jizzax viloyatidagi qurilishi tugallanmagan 4 ta bino sotuvga qo‘yildi
18:55 / 08.12.2022