Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Toshkentdagi yer uchastkalari E-auksion orqali sotiladi
“Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklida Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi tashkil etiladi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi direktori lavozimi joriy etiladi.
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan, ko‘p kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarini qurish uchun yer uchastkalari Muvofiqlashtiruvchi kengashning qaroriga muvofiq E-auksion elektron savdo platformasi orqali auksion savdolarida sotiladi yoki ijaraga beriladi.
2027 yil 1 yanvargacha direksiya, investorlar, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar uchun bojxona boji to‘lashdan ozod qilinadi.
Mavzuga oid
10:24 / 15.05.2025
Yangi Toshkent hududining 30 foizi bog‘ va xiyobonlar uchun ajratiladi
19:28 / 17.03.2025
Yangi Toshkent shahri uchun Toshkent viloyatidan yana qo‘shimcha yer ajratildi
16:30 / 13.03.2025
Toshkentga tramvayni qaytarish bo‘yicha yana bir “yo‘l xaritasi” imzolandi
11:20 / 04.03.2025