Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Chingizxonning nabirasiga tegishli karvonsaroy qoldiqlari topildi
Mo‘g‘ul davlat universiteti qadimshunoslari turk hamkasblari bilan birgalikda Chingizxonning nabirasi Hulaguxonga tegishli yozgi saroy qoldiqlarini topishgan.
Mo‘g‘ul va turk qadimshunoslari Turkiyaning Van viloyatida Chingiziy Hulaguxon davriga oid binolar qoldiqlarini topishdi. Bu haqda Mo‘g‘ulistonning Monsame axborot agentligi xabar bermoqda.
Mo‘g‘uliston davlat universiteti tarix fakulteti olimlari qadimgi fors va arman manbalarida XIII asrda Hulaguxonning yozgi saroyi qayerda joylashganligi haqidagi ma’lumotlarni topdilar. Bu ma’lumotni Van tarixiy muzeyi ashyolari bilan solishtirgan olimlar saroyning qayerda joylashganini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan.
Qazishmalar natijasida karvonsaroy va sopol pechning qoldiqlari, shuningdek, joylashuvi xon saroyini eslatuvchi devor qoldiqlari topilgan.
Hulaguxon (1217-1265 yillarda yashagan) o‘z davrining eng iste’dodli mo‘g‘ul sarkardalaridan biri bo‘lgan. U mo‘g‘ullarning Eron nizoriylariga, Bag‘doddagi Abbosiylar xalifaligiga va Misr va G‘arbiy Osiyoni boshqargan Ayyubiylar sultonligiga qarshi ulkan harbiy yurishiga boshchilik qilgan. Natijada ushbu davlatlar qulab, ularning o‘rniga Hulagu davlati qad rostlagan. O‘sha davrdagi fors tarixchilari Hulaguxon qo‘shinlari 70 ming kishini tashkil etganligini yozishgan.
Hulaguxon rafiqasi bilan. Eronlik tarixchi Rashiduddin Hamadoniyning solnomasi uchun ishlangan miniatura, XIV asr.
Bugungi kunga qadar dunyoda to‘rtta mo‘g‘ul saroyining qoldiqlari topilgan. Bular: Ichki Mo‘g‘ulistondagi (XXR) Xubilayxonning saroyi, Erondagi Ambagayxonning yozgi saroyi va Astraxan viloyatidagi Oltin O‘rda poytaxti, ya’ni Botuxon saroyi deb atalmish Eski Saroy.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025