Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ishsiz xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilinadi
Prezidentning “Kasanachilikni rivojlantirish orqali ishsiz xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Prezidentning “Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 21 apreldagi qaroriga asosan 2022 yil 1 iyuldan boshlab kasanachilikni mehnat shartnomasi bilan bir qatorda ishlarni bajarish, tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish haqidagi fuqarolik-huquqiy shartnomalar, shu jumladan pudrat shartnomasi asosida tashkil etishga ruxsat berilgan.
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining kasanachilikni rivojlantirish orqali ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha quyidagi takliflariga rozilik beriladi:
- Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda chekka va olis hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ishsiz ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida har yili bir marotaba 50 mln so‘m miqdoridagi loyihalar tanlovini o‘tkazish;
- O‘zbekiston prezidentining 2022 yil 21 apreldagi qarori 4-bandiga muvofiq tadbirkorlik sub’yektlariga kasanachiga zarur asbob-uskuna xarid qilish uchun ajratiladigan subsidiya miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha etib belgilash;
- yangi ish boshlayotgan kasanachilar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish va takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berish bo‘yicha “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” huzurida lider kasanachilar tomonidan o‘quvlarni tashkil etish.
Davlat soliq qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yagona elektron shartnomalar axborot tizimini “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga integratsiya qilinishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
10:26 / 03.07.2024
O‘zbekistonda 6 oyda qancha oila yarashtirilgani ma’lum qilindi
16:50 / 24.06.2024
Senat raisi “Rahbar ayollar maktabi” tinglovchilari bilan uchrashdi
10:42 / 02.06.2024
Xotin-qizlarni eng ko‘p ishga olgan 10 ta korxona ma’lum qilindi
20:21 / 23.05.2024