Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hukumati budjetni to‘ldirish uchun 250 mln dollar qarz olyapti
O‘zbekiston hukumati Fransiya taraqqiyot agentligidan 150 mln yevro, OPeK xalqaro hamkorlik jamg‘armasidan 100 mln dollar miqdorida qarz mablag‘larini jalb qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
«Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi” va OPEK xalqaro hamkorlik jamg‘armasi ishtirokida “O‘zbekistonning o‘tish davridagi rivojlanish siyosatini jadallashtirish” loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, davlat tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasining qarori imzolandi.
Qayd etilishicha, respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun 6 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga Fransiya taraqqiyot agentligidan 150 mln yevro, 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga OPeK xalqaro hamkorlik jamg‘armasidan 100 mln dollar miqdorida qarz mablag‘lari jalb qilinadi.
Qarorga ko‘ra, mazkur qarzlarni qaytarish va boshqa xarajatlar budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Ma’lumot uchun, 1 aprel holatiga O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 38,8 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Shundan davlat tashqi qarzi 23,4 mlrd dollar.
Mavzuga oid
15:02 / 27.05.2025
2025 yilning I choragida O‘zbekistonning davlat qarzi 2,2 mlrd dollarga ko‘paydi
22:41 / 24.05.2025
O‘zbekistonning likvid zaxiralari joriy yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, keyin kamayib boradi - S&P
20:44 / 17.04.2025
Tashqi qarz miqdori: xalqaro tavsiyalar va joriy vaziyat qanday?
16:36 / 29.03.2025