O‘zbekiston | 09:15 / 13.07.2022
32840
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda katta tezlikda mashina boshqargan 17 yoshli o‘smir singlisi va uning dugonasi hayotiga zomin bo‘ldi

Qizlardan biri voqea joyida, ikkinchisi shifoxonada vafot etgan.

Videodan kadr

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 8 iyul kuni Samarqand tumani “Chaqa” MFY hududidan o‘tuvchi 4H-495V mahalliy avtomobil yo‘lining 2-kilometrida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Samarqand tumanida yashovchi 17 yoshli M.X. Cobalt mashinasi bilan Qaynama-Zaxlik yo‘nalishida ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan va mashina yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Oqibatda, mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, haydovchining singlisi J.X. hodisa joyida vafot etgan. Yana ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, yana bir qiz R.I. shifoxonada vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvlarda aniqlanishicha, hali haydovchilik guvohnomasi olish yoshiga yetmagan M.X. mahallaning ichki ko‘chasida mashinani juda katta tezlikda boshqargan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Ishtixon tumanida BMW ag‘darilib ketgan va oqibatda yo‘lovchi vafot etgandi.

Mavzuga oid