Sirdaryo viloyatida ko‘p miqdorda giyohvand modda yetishtirayotgan va saqlab kelayotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Sayxunobod tumanida yashovchi shaxs hovlisida ko‘p miqdorda giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirgan va yashash xonadonida ularning quritilganini saqlagan.
Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, viloyat IIB va Sayxunobod tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sayxunobod tumanida yashovchi Sh.Sh.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda ko‘p miqdorda giyohvandlik moddalarini yetishtirib, saqlab kelayotgani ma’lum bo‘lgan.
Jumladan, omborxonasida 3 kg 262 gramm quritilgan holatdagi ko‘knori poyasi, ko‘knori boshi va marixuana giyohvandlik moddalari borligi aniqlangan.
Bundan tashqari, mazkur shaxs 4 tup nam holatdagi nasha giyohvandlik o‘simliklarini noqonuniy saqlab kelayotgani hamda tomorqasida 1 tup nasha va 117 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simliklarini ekib, parvarishlab kelayotgani aniqlanib, ular daliliy ashyo sifatida olingan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi va 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Denov tumanida yashovchi shaxs 20 kilogramm opiyni 140 ming dollarga sotish uchun olib kelayotganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
18:40 / 06.10.2024
Toshkentda ikki hafta mobaynida qariyb 30 kg giyohvand vositalar va psixotrop moddalar ushlandi
16:51 / 02.10.2024
Toshkentda xonadonida giyohvand moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi dorilar saqlab kelayotgan shaxs ushlandi
13:30 / 01.09.2024
Samarqandda 10 ming dollarga giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxslar ushlandi
12:32 / 05.07.2024