Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi
Damas haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzgan.
Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida ikki kishi o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea 13 iyul kuni soat 18:15 larda, tuman hududidan o‘tgan 4R-146 Farg‘ona—Chimyon avtomobil yo‘lining 5-kilometrida yuz bergan. Haydovchi A.M. (2000 yilda tug‘ilgan) Damas’ni boshqarib borayotib, quvib o‘tish qoidasini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan.
So‘ng boshqaruvni yo‘qotib ag‘darilib ketishi natijasida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan M.A (1964 yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Damas’da bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, yana ikki nafar yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
13:41 / 06.05.2025