Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyatda gumonlanayotgan shaxslarni elektron brasletlar yordamida nazorat qilish tizimi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasi tegishli qaroriga muvofiq, jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan, o‘ziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslar va mahkumlar qochish holati oldini olish maqsadida elektron brasletdan foydalanish tizimi joriy etiladi.
O‘zA xabariga ko‘ra, konvoy ostidagi shaxslar (jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan, o‘ziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslar hamda mahkumlar) qochishga uringanda elektron braslet tovushli va vizual xabarni onlayn rejimida avtomatik tarzda biriktirilgan konvoychi xodimga va hududiy ichki ishlar organlari, Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy qismlari, tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish koloniyalarining navbatchilik qismlariga uzatadi.
Qochib ketishga uringan konvoy ostidagi shaxslarni ularga taqilgan elektron brasletlardan uzatilayotgan “GPS” signallariga muvofiq “issiq izi”dan ushlash choralari ko‘riladi.
2024 yil 1 dekabrga kadar ichki ishlar organlari konvoy bo‘linmalari elektron brasletlar bilan to‘liq ta’minlanadi.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025