O‘zbekiston | 09:37 / 14.07.2022
2362
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi transport harakati uchun yopiladi

Toshkent shahrida Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Ma’lum qilinishicha, Ahmad Donish ko‘chasida (yangi “Dinamo” do‘koni) yangi yerusti piyodalar o‘tish yo‘li qurilmoqda.

Shu sababli, 2022 yilning 14 iyul kuni soat 21:00 dan 15 iyul soat 07:00 ga qadar shu ko‘chaning "Sulton" restoranidan avtomobil ko‘prigigacha bo‘lgan qismi transport vositalari harakati uchun yopiladi.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Bundan oldin Toshkentda metro bekatlari oralig‘ida vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi tashkil etilgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid