O‘zbekiston | 15:49 / 15.07.2022
11784
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonning AeroStan aviakompaniyasi samolyoti ilk bor Namanganga qo‘ndi

14 iyul kuni Qirg‘izistonning AeroStan aviakompaniyasiga tegishli Boeing 747-200F (Jumbo Jet) yuk samolyoti ilk bor Namangan xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Bishkekdan yetib kelgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 11:19 da yonilg‘i quyish maqsadida Namangan xalqaro aeroportiga qo‘ndi. 

Qayd etilishicha, soat 14:44 da samolyot Namangandan Makaoga (Xitoy) uchib ketdi.

AeroStan 2008 yilda tashkil etilgan va Bishkekda (Qirg‘iziston) ro‘yxatdan o‘tgan havo yuklarini tashuvchi operator hisoblanadi.

Mavzuga oid