Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda kasb-hunar maktabi direktori o‘quvchilar ko‘z o‘ngida o‘qituvchiga tarsaki tushirdi
Kasb-hunar maktabi direktori va o‘qituvchisi o‘rtasidagi kelishmovchilikka nima sabab bo‘lgani keltirilmagan.
Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 15 iyul kuni soat 11:00 lar atrofida Nishon tuman 2-sonli kasb-hunar maktabida maktab direktori va o‘qituvchi o‘zaro tortishib qolishi oqibatida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Janjal davomida direktor o‘qituvchiga tarsaki tushirgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Nishon tuman IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Nishon tumani hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tuman hokimi o‘rinbosari S.Xudoyqulov boshchiligida ishchi guruh hodisani o‘rgangan.
Qayd etilishicha, kasb-hunar maktabi direktori va o‘qituvchi o‘zaro kelishib, bir-biriga nisbatan hech qanday gina-kuduratni saqlab qolmagan hamda kelajakda do‘stona ruhda birgalikda ishlashga qo‘l tashlashgan.
Mavzuga oid
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
17:10 / 02.05.2025
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi
23:22 / 25.04.2025