Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qalbaki 20 000 dollarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 176-moddasi - qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Toshkent shahrida qalbaki AQSh dollarlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro X.F. boshqa bir fuqaro A.ga qalbaki 20 000 AQSh dollarini 8 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, undan 8 000 AQSh dollarini olib, qalbaki AQSh dollari hisobidan 100 AQSh dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mahkama xabarida aytilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi

14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?

11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi

09:39 / 23.05.2025