Buyuk Britaniya baholariga ko‘ra, Rossiya urushda qo‘shinining uchdan bir qismini yo‘qotgan - 50 ming kishi halok bo‘lgan yoki yaralangan
Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilish salohiyatining 30 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa shtabi boshlig‘i admiral Toni Radakin ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qariyb besh oydan buyon davom etayotgan janglarda 50 ming rossiyalik askarning bir qismi halok bo‘lgan, bir qismi yarador bo‘lib safdan chiqqan. Shuningdek, 1700 ga yaqin rus tanki va qariyb 4000 dona zirhli mashinalar yakson etilgan. Radakinning aytishicha, shu tufayli ukrain armiyasi urushda g‘olib kelishiga ishonmoqda.
«Rossiya bu bosqinni butun Ukrainani egallab olish maqsadida boshlagan, Rossiyada dastlabki 30 kun ichida shaharlarni egallash, NATOga darz yetkazish va bosim o‘tkazish niyati bo‘lgan — bu Rossiya dunyo tartibiga da’vogar sifatida o‘zining barcha ambitsiyalarida muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda, bu Rossiya fevral oyining boshidagiga qaraganda ancha zaiflashgan davlat», — degan britaniyalik harbiy.
- Rossiya mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shinlari yo‘qotishi haqida faqat ikki bor ma’lumot bergan, so‘nggi marta — 25 mart kuni. O‘shanda vazirlik Ukrainadagi «maxsus amaliyot» boshidan buyon 1351 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lib, yana 3825 kishi yaralanganini ma’lum qilgandi.
- 15 iyul kuni «Mediazona» va BBC ochiq manbalar asosida Ukrainadagi urushda 4760 nafar rossiyalik harbiyning o‘limini tasdiqlagandi.
- Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi har kungi hisobotida rossiyalik harbiylarning yo‘qotishlari to‘g‘risida ma’lumot berib keladi. 18 iyul kuni berilgan ma’lumotda 38 450 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgani keltiriladi.
- Iyun oyida Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich urush boshidan buyon 10 ming ukrain harbiysi halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024