O‘zbekiston | 19:32 / 19.07.2022
9082
2 daqiqa o‘qiladi

Camarqand va Sirdaryo viloyatlarida o‘qishga kiritish hamda o‘qishni ko‘chirib berishni va’da qilib pul olgan shaxslar ushlandi

Ularga nisbatan, Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, fuqaro D.V. boshqa bir fuqaroni tanishlari orqali Qozog‘istondagi universitetlardan biriga to‘g‘ridan to‘g‘ri 3-kursga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib berishi evaziga 3,5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, boshqa bir holatda D.V. fuqaro M.ni Tojikistondagi universitetga o‘qishga kiritib, keyin O‘zbekistonga ko‘chirib berish evaziga 3 ming dollar olgani aniqlangan.

Bundan tashqari, departament hamda DXX Guliston tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro F.G. boshqa bir fuqaro R.ni tanishlari orqali Ukrainadagi OTMlardan birida o‘qiyotgani haqida hujjat qilib, o‘qishini Guliston Davlat universitetiga ko‘chirib berish evaziga 3,2 ming dollar so‘rab, shundan 1,5 ming dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Samarqandda fuqaroni 5 ming dollar evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan OTM bo‘lim boshlig‘i ushlangandi.

 

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid