O‘zbekiston | 11:42 / 19.07.2022
4302
2 daqiqa o‘qiladi

Nikohlanuvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng ular nikohini rasmiylashtirish tartibini belgilash nazarda tutilmoqda

18 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Senat Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi majlisida “Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 206-1-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonunlar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Foto: senat.uz

Majlisda yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilishning holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari muhokama etildi.

Muhokama ta’kidlanganidek, “Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, nikohni qayd etish bir oylik muddati va uni qisqartirish uchun asos bo‘ladigan holatlar bekor qilinmoqda.

Nikohlanuvchi shaxslar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganlaridan so‘ng nikohni rasmiylashtirish tartibini belgilash ko‘zda tutilmoqda.

Shu bilan birga, majlisda “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 206-1-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi Qonun ham muhokama etildi.

Har ikkala qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlar yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarining bir qator taklif va mulohazalarini bildirdi.

Bundan tashqari, yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlar mehnat huquqlarini himoya qilishning holati yuzasidan hukumatga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari soha mutaxassislari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Ko‘rilgan masalalar yuzasidan qo‘mita tegishli qarorlari qabul qilindi.   

Mavzuga oid