Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shoygu Ukrainadagi «Sharq» guruhi pozitsiyasiga bordi. Ushbu guruh qo‘mondoni kimligi oshkor bo‘ldi
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi jangovar harakatlarda ishtirok etayotgan «Sharq» («Vostok») guruhi pozitsiyasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda RF mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Tekshiruv davomida Shoygu guruh qo‘mondoni general-leytenant Rustam Muradovning frontdagi vaziyat bo‘yicha hisobotini tinglagan. Ushbu guruh qo‘mondoni ismi-sharifi vazirlik tomonidan ilk bor oshkor etilgan.
Mudofaa vazirligining qayd etishicha, Shoygu birinchi galda Ukraina armiyasining uzoq masofaga mo‘ljallangan raketa va artilleriya qurollarini yo‘q qilishga e’tibor qaratish bo‘yicha topshiriq bergan, bunday vositalar orqali «Donbassdagi turar joy kvartallari o‘qqa tutilib, bug‘doy ekilgan dalalar va g‘alla saqlanayotgan omborlarga qasddan o‘t qo‘yilayotgani» aytilgan.
- 16 iyul kuni RF mudofaa vazirligi Shoygu «Janub» (qo‘mondoni general Sergey Surovikin) va «Markaz» (qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin) guruhlarida bo‘lganini xabar qilgandi.
- Mudofaa vaziri bundan oldin Ukrainadagi rossiyalik harbiylar pozitsiyalariga iyun oyi oxirida kelgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025