O‘zbekiston | 08:11 / 19.07.2022
2270
2 daqiqa o‘qiladi

«Termiz» erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytiriladi

Prezidentning “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi

Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani, Xufar hududi “Yangihayot” MFYdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan jami 2 gektar yer maydonida “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish taklifi ma’qullanadi.

Surxondaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi bosh rejasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 13 martdagi “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 148-son qaroriga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritiladi.

Qaror bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Surxondaryo viloyati hokimi zimmasiga yuklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid