Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Ukrainadagi urush vazifalari geografik jihatdan kengayishini ma’lum qildi
Rossiya TIV rahbari G‘arb Kiyevni uzoq masofaga uchuvchi qurollar bilan ta’minlasa, Ukrainadagi urushning «geografik vazifalari» kengayib borishi bilan tahdid qildi. Hozirning o‘zida ular Donbass bilan cheklanmayapti, deya ma’lum qildi vazir.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukrainadagi urushning «geografik maqsadlari» o‘zgarganini ma’lum qildi: endi ular ayirmachilar tomonidan o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donbass «xalq respublikalari» bilan cheklanib qolmaydi, balki boshqa hududlarni ham qamrab oladi. Bu haqda u 20 iyul, chorshanba kuni RIA «Novosti» va RT’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Hozirgi vaqtda geografiya boshqacha, - deya ma’lum qildi Rossiya TIV rahbari, - Endi bu Xerson oblasti, Zaporojye oblasti va boshqa bir qator hududlarni o‘z ichiga oladi, bu jarayon davom etmoqda».
Shu bilan birga, Lavrov agar G‘arb davlatlari Ukrainani uzoq masofaga uchuvchi qurollar bilan ta’minlasa, u holda jangovar harakatlar geografik ko‘lami yanada kengayib ketishi bilan tahdid qildi.
Bir kun avval AQSh Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Rossiya egallab olingan Ukraina hududlarini annexia qilish uchun zamin tayyorlayotgani haqidagi AQSh razvedka ma’lumotlarini bayon qilgan edi. Buning uchun u yerga noqonuniy «hokimiyat» vakillari tayinlanib, rus rubli mahalliy valuta sifatida joriy qilinyapti, aholiga Rossiya pasportlari topshirilmoqda. Xususan, Kirbi Xerson, Zaporojye va butun Donbass atrofidagi hududlarni tilga oldi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025