Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iz chegarachisi ayiq hujumidan so‘ng vafot etdi
O‘sh viloyatida ayiq chegarachiga hujum qildi. Harbiy olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Fojia 19 iyul kuni yuz bergan. Tog‘li hududda xizmat vazifasini o‘tayotgan chegarachiga yirtqich qo‘qqisdan hujum qilgani aytilmoqda. Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati xabariga ko‘ra, ayiq bilan olishuv davomida jarohat olgan 31 yashar harbiy shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay vafot etgan.
Yirtqich hujumi qurboni bo‘lgan chegarachi shartnoma asosida xizmat qilayotgan serjant ekani ochiqlangan. Harbiy tuzilmalar hodisa joyida tergov olib borishmoqda.
Shu yilning aprel oyida Toshkent tumanida uyda boqilayotgan Afrika sheri 3 yoshli bolaning boshi va yelkasidan tishlab olib, salomatligiga jiddiy ziyon yetkazgandi.
Avvalroq Hindistonda ketma-ket uch kishining umriga zomin bo‘lgan yo‘lbars umrbod ozodlikdan mahrum etilgandi. Tojikiston sharqida esa bo‘rilar ikki ayolni g‘ajib tashlagandi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025