Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi Ukraina va Rossiyadan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha muzokaralarda qatnashish uchun Istanbulga boradi
Ukraina agrar siyosat va oziq-ovqat vaziri Nikolay Solskiy taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdan 18 million tonna eski hosildagi donni olib chiqish kerak.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukraina va Rossiyadan g‘alla eksport qilish masalasida kelishuvga erishish borasida Istanbulga boradi. Bu haqda BMT bosh kotibi rasmiy vakilining o‘rinbosari Faraxon Haq ma’lum qildi.
"Bugun kechqurun BMT bosh kotibi Ukraina va Rossiya oziq-ovqat mahsulotlari hamda o‘g‘itlar eksportini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlar doirasida Istanbulga yo‘l oladi", - dedi Haq.
Ukraina agrar siyosat va oziq-ovqat vaziri Nikolay Solskiy taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdan 18 million tonna eski hosildagi donni olib chiqish kerak. Yangi hosildan eksport uchun yana 40 million tonna kutilmoqda.
Wall Street Journal gazetasi xabar berishicha, 13 iyul kuni Istanbuldagi muzokaralar chog‘ida Ukraina, Rossiya, Turkiya va BMT vakillari don eksporti uchun Ukraina uchta portining deblokadasi to‘g‘risida kelishib oldi.
14 iyul kuni AQSh Moliya vazirligi Rossiya bilan o‘g‘itlar, oziq-ovqat, urug‘lar, dori-darmonlar va tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berdi.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025