Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:30 / 21.07.2022
2764
4 daqiqa o‘qiladi
Ov quroliga egalik qilishning yosh darajasi 21 yoshdan 25 yoshgacha oshiriladi
Foto: Getty Images
Vazirlar Mahkamasining “Qurol muomalasi sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan hukumat ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- pnevmatik ov va sport quroli og‘iz qismidagi quvvati va kalibriga oid texnik tavsiflarini chiqarib tashlash orqali barcha turdagi pnevmatik qurolning muomalasi sohasidagi faoliyat va harakatlarni litsenziya va ruxsatnomalar asosida amalga oshirish hamda ushbu qurol o‘q-dorilarini litsenziya va ruxsatnomalarsiz ishlab chiqariladigan, realizatsiya qilinadigan va egalik qilinadigan ashyolar toifasiga kiritish;
- fuqarolar tomonidan pnevmatik kalta stvolli va tashqi tomondan avtomatik qurol nusxalariga (replikalariga) o‘xshash pnevmatik qurolni ichki ishlar organlari ruxsatnomalari bo‘yicha faqat sport obektlarida saqlash va ulardan foydalanish;
- kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish obektlariga bittadan ortiq o‘qotar va pnevmatik ov quroli, pnevmatik kalta stvolli hamda tashqi tomondan avtomatik qurol nusxalariga (replikalariga) o‘xshash pnevmatik qurol kiritilishi mumkinligini, shu sababli ushbu obektlar muomalasini tartibga solish jiddiy murakkablashgani munosabati bilan tegishli ruxsatnomalarni berish bo‘yicha vakolatli organlar sifatida tuman-shahar IIBni emas, balki yuqoriroq turgan ichki ishlar organini – Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB hamda viloyatlar IIBni belgilash;
- yuridik shaxslar xodimlari va fuqarolar qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruvlarni faqat davlat sog‘liqni saqlash organlari tibbiyot muassasalarida o‘tkazilishini, tekshiruv natijalari bo‘yicha xulosani esa, fuqaroning ishtirokisiz, tibbiyot muassasasi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri ichki ishlar organiga yuborilishini ta’minlash;
- yarim avtomat silliq stvolli o‘qotar ov qurolini va o‘qdon (baraban) sig‘imi to‘rt dona patrondan ortiq bo‘lgan silliq stvolli o‘qotar ov quroli egalik qilish asoslariga ovchilar jamoat birlashmasi tavsiyanomasini kiritish hamda ushbu qurolni olish tartibini soyli stvolli o‘qotar ov quroliga tenglashtirish;
- ov quroliga egalik qilish yosh senzini 21 yoshdan 25 yoshgacha oshirish;
- fuqaroviy qurolga egalik qilishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarga fuqaro va u bilan birga doimiy yashovchi shaxslar tomonidan qasddan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilganini, ularga nisbatan qoralovchi (ekstremistik faoliyat, shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy tahdid soluvchi faoliyat belgilari mavjud bo‘lgan g‘ayriqonuniy harakatlar to‘g‘risidagi) ma’lumotlar mavjudligini, qurol egasi bilan birga doimiy yashovchi shaxslar ruhiy kasalliklar va narkologiya dispanserlari ro‘yxatlariga olinganini qo‘shimcha ravishda kiritish;
- bittadan ortiq har bir soyli va silliq stvolli o‘qotar ov va pnevmatik ov quroliga egalik qilganlik uchun har yillik yig‘imni undirish alohida mexanizmini joriy etish;
- ayrim eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan qoidalarni chiqarib tashlash.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:37 / 17.05.2025
Ukraina xorijdan qurol xaridlarida 770 mln yo‘qotdi
18:28 / 15.05.2025
Britaniya va Germaniya hamkorlikda yangi qurol yaratadi
10:19 / 17.04.2025
Zelenskiy: frontdagi qurollarning 40 foizidan ortig‘i Ukrainada ishlab chiqarilgan
11:50 / 15.04.2025