Amina Muhammad: Orol dengizidagi iqlim falokati milliy yoki mintaqaviy chegaralardan chiqib ketgan
BMT rasmiy saytida tashkilot bosh kotibi birinchi o‘rinbosari Amina Muhammadning iyun oyi birinchi yarmida Markaziy Osiyo mintaqasiga tashrifi yakunlari bo‘yicha tayyorlangan “Markaziy Osiyodagi qiyinchiliklar fonida umid bor” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Foto: Kun.uz
Bosh kotib birinchi o‘rinbosari Markaziy Osiyo davlatlari oldida turgan dolzarb masalalarga bag‘ishlangan maqolasida mintaqa mamlakatlarining iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, suv resurslaridan foydalanishni yaxshilash, bioxilma-xillik va tog‘ ekotizimlarini saqlash borasidagi sa’y-harakatlarini baholagan. Barcha mamlakatlarning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha kun tartibini ilgari surish bo‘yicha qat’iyati qayd etilgan.
Nashrda bir paytlar dunyodagi to‘rtinchi eng katta suv havzasi bo‘lgan Orol dengizi qurishi muammosiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. “Orol dengizidagi iqlim falokati milliy yoki mintaqaviy chegaralardan ancha chiqib ketgan. Bu global fojia”, deb yozadi Amina Muhammad.
Muallif BMT bosh assambleyasi Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiya zonasi deb e’lon qilganiga e’tibor qaratgan. Bu mintaqa iqlim o‘zgarishini yumshatishga sarmoya kiritish hamda mazkur muammoga xalqaro birdamlikda yechim topish majburiyatini anglatadi.
BMT bosh kotibi birinchi o‘rinbosari Markaziy Osiyoga safaridan umid bilan qaytganini ta’kidlaydi: “O‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Muammolar hal qilinmoqda”.
Amina Muhammad mintaqa taraqqiyotida yoshlar o‘rniga e’tibor qaratgan. Uning fikricha, Markaziy Osiyoda mintaqa tabiiy muhitining go‘zalligini himoya qilish va rivojlantirish, ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirish tarafdori bo‘lgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. “Bularning barchasi Markaziy Osiyo xalqlari uchun inklyuziv va barqaror kelajakni ta’minlashga yordam beradi”, deb yozadi BMT bosh kotibi birinchi o‘rinbosari.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

21:21 / 05.04.2025
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi

19:59 / 05.04.2025
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi

20:00 / 11.11.2022
AQSh Orol dengizining O‘zbekiston qismi tubini obodonlashtirish uchun mablag‘ ajratdi

11:25 / 04.11.2022