Samarqandda qimmatbaho oltin bo‘laklarini noqonuniy ravishda olib ketayotgan fuqaro ushlandi
1,1 kilogramm bo‘lgan tilla 10 ta quymadan iborat bo‘lgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tuman hududidan o‘tgan M-39 xalqaro avtomobil yo‘lida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, “HUNDAY ELANTRA” rusumli mashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, haydovchi N.M. jami og‘irligi 1,1 kilogramm bo‘lgan umumiy bahosi 703,9 million so‘mlik 10 dona oltin metall qotishmalarini Toshkent shahriga o‘tkazish maqsadida olib ketayotgani aniqlangan.
Oltin qotishmalari tegishli tartibda ashyoviy dalil sifatida olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, aynan shu “Yuqori nuqta” YPX maskanida turli xil shaklda quyilgan 15 ta quymadan iborat bo‘lgan yarim kilogrammdan ortiq oltinni noqonuniy tarzda olib ketayotgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024