Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhammad Alining chempionlik kamari kimoshdi savdosida 6,18 mln dollarga sotildi
Chempionlik kamarini amerikalik milliarder va Indianapolis Cols futbol klubi egasi Jim Irsey sotib oldi.
Muhammad Ali 1974 yilda Jorj Formanga qarshi jangda qo‘lga kiritgan chempionlik kamari kimoshdi savdosida 6,18 mln dollarga sotildi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Heritage Auctions auksioni 24 iyul kuni Dallasda bo‘lib o‘tdi. Chempionlik kamarini amerikalik milliarder va Indianapolis Cols futbol klubi egasi Jim Irsey sotib oldi.
Irseyning boyligi miqdori 3,5 mlrd dollarga teng deb baholanadi. U Twitter-akkauntida kamar Amerika tarixi, musiqasi va madaniyati bilan bog‘liq Irsay Collection kolleksiyasini to‘ldirganini yozdi.
Ali va Forman o‘rtasidagi jang 1974 yil 30 oktyabrda Kongoning Kinshasa shahrida bo‘lib o‘tgan. Bahs 8-raundda Muhammad Alining g‘alabasi bilan yakunlangan.
Avvalroq Jim Irsey Kurt Kobeynga tegishli 1969 yilda chiqarilgan gitarani 4,5 mln dollarga sotib olgandi.
Mavzuga oid
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
17:43 / 10.03.2025
Muhammad Ali uchun o‘ch: Taysonning tarixiy jangi haqida
16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi
19:33 / 05.02.2025