Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Lacetti’ni ikkita yuk mashinasi pachoqlab tashladi. Uning haydovchisi halok bo‘ldi
Qayrilib olmoqchi bo‘lgan Lacetti’ni avval Isuzu urib yuboradi. Keyin Kamaz surib ketib, Lacetti uning ostiga kirib ketadi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 18 iyul kuni soat 23:00 larda A-378 xalqaro avtomobil yo‘lining Samarqand tumani hududidan o‘tuvi 12-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Lacetti mashinasi qayrilib olayotganda Qashqadaryo viloyatidan harakatlanib kelayotgan Isuzu yuk mashinasi unga kelib uriladi uni qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tkazib yuboradi.
Shu payt ro‘paradan kelayotgan Kamaz Lacetti mashinasiga uriladi va uni surib ketib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siq ustiga chiqib ketadi. Lacetti uning ostida qoladi. Hodisa oqibatida, Lacetti haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘ladi.
Kamaz va Isuzu haydovchilari ham turli darajada tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqiziladi.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqandda katta tezlikda mashina boshqargan 17 yoshli o‘smir singlisi va uning dugonasi hayotiga zomin bo‘lgandi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025