Jahon | 22:33 / 26.07.2022
11011
1 daqiqa o‘qiladi

Jonson Zelenskiyni Uinston Cherchill nomidagi mukofot bilan taqdirladi 

Yetakchilik sifati uchun Uinston Cherchill nomidagi mukofot ilk bor 2006 yilda Bill Geytsga topshirilgan. 

Foto: AP

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni yetakchilik sifati uchun Uinston Cherchill nomidagi mukofot bilan taqdirladi.

"Jismonan uzoqda bo‘lishimizga qaramasdan, senga bu mukofotni berish men uchun yoqimli", - dedi Jonson Zelenskiy bilan videokonferensiya shaklidagi muloqoti chog‘ida.

"Mukofotlash marosimi"da Ukrainaning Britaniyadagi elchisi Vadim Pristayko ishtirok etdi.

Yetakchilik sifati uchun Uinston Cherchill nomidagi mukofot ilk bor 2006 yilda Bill Geytsga topshirilgan. Undan so‘ng AQSh sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt, Konnektikut shtatidan sobiq senator Jozef Liberman mazkur mukofot bilan taqdirlangan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid