Davlat xavfsizlik xizmati raisi Qirg‘izistonga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov turkiy davlatlar maxsus xizmatlari konferensiyasida ishtirok etdi.
Kabar xabariga ko‘ra, Issiqko‘l viloyatining Cho‘lponota shahrida Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisligida Turkiy davlatlar maxsus xizmatlari konferensiyasining XXIV yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Ozarboyjon, Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston maxsus xizmatlari rahbarlari va vakillari, shuningdek, Rossiya va Vengriya maxsus xizmatlari delegatsiyalari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
Uchrashuvda Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi terrorchilik faolligi zonalaridagi mavjud vaziyat sharoitida turkiy davlatlarda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash sohasida maxsus xizmatlar o‘zaro hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Konferensiya ishtirokchilari Afg‘oniston va Suriya qurolli mojarolari hududidan kelib chiquvchi hamda terrorizm va ekstremizmning tarqalishi bilan bog‘liq terrorchilik tahdidlariga reaksiya bildirish hamda o‘zaro hamkorlik mexanizmlari to‘g‘risida kelishib oldi.
Mazkur yig‘ilish ishi doirasida Qirg‘iziston prezidentining turkiy davlatlar maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Japarov yig‘ilish ishtirokchilariga murojaatida turkiy davlatlar manfaatlariga daxldor tashqi tahdid va chaqiriqlarga qarshi birgalikdagi ishlarda yaqin hamkorlik hamda maxsus xizmatlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ochiq muloqot va eshitilgan ma’ruzalar yuzasidan fikr almashildi, yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Turkiy davlatlar maxsus xizmatlari konferensiyasi 1998 yilda tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi xalqaro xarakterdagi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish va maxsus xizmatlar faoliyatining kelishilgan boshqa yo‘nalishlarida samarali hamkorlikni ta’minlashdan iborat.
Mavzuga oid
19:57 / 22.11.2024
«Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ mutaxassisi 1,6 ming dollar bilan ushlandi
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
14:55 / 15.11.2024
DXX raisi O‘zbekistondagi muhim axborot infratuzilmalarini toifalashga doir buyruq chiqardi
23:25 / 09.11.2024