Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada qariyb 300 ming dollar Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi
Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida juda ko‘p miqdordagi xorijiy valutani noqonuniy ravishda qo‘shni davlatga olib chiqilishi oldi olindi.
DXX xabariga ko‘ra, Farg‘ona tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan T.J. Qo‘qon shahrida hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan fuqarodan 152 ming 663 AQSh dollarini olib, Qirg‘izistonga o‘tkazish maqsadida, Farg‘ona tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan R.R.ga yetkazib berish uchun ketayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Shuningdek, o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasiga yaqin bo‘lgan Farg‘ona tumanining Mindon qishlog‘ida kutib turgan R.R. ham ushlandi.
Boshqa bir holatda esa Farg‘ona tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan M.Sh. Farg‘ona shahrida fuqaro A.T.dan 140 ming 54 AQSh dollarini olib, Qirg‘izistonda istiqomat qiluvchi shaxsga yetkazib berish maqsadida “Farg‘ona-Vodil” yo‘nalishida davlat chegarasi tomon harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, A.T. ham qo‘lga olindi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025