Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 17:44 / 27.07.2022
8265
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda uchta ko‘cha 10 kunga transport harakati uchun yopiladi
2022 yilning 29 iyul – 7 avgust kunlari Toshkentda Food Fest-2022 gastronomik festivali bo‘lib o‘tadi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, festival kunlari doirasida qator yo‘llar avtotransport harakati uchun yopiladi.
Xususan:
- Istiqlol ko‘chasi — Buyuk Turon ko‘chasidan Hyatt Regency mehmonxonasigacha bo‘lgan qismida;
- Zarafshon ko‘chasi — Istiqlol ko‘chasidan va Mustaqillik shohko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- J.Neru ko‘chasi — Mustaqillik shohko‘chasidan Zarafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismida.
Toshkent shahar hokimligi haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni so‘ragan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025