Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolar tug‘ilganlik haqida ma’lumotnomani tug‘uruqxonaning o‘zida oladigan bo‘ladi
Tug‘ilganlik holati tibbiyot muassasalari tomonidan “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimidan foydalangan holda FHDYo bo‘limlarida qayd etish tartibi joriy etiladi.
Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyevning so‘zlariga ko‘ra, bunda fuqarolar tug‘ilganlik haqida guvohnoma olish uchun FHDYo bo‘limiga kelmaydi. Balki, tug‘uruqxona tomonidan bolaning tug‘ilganligi qayd qilinganligi haqida QR-kodli ma’lumotnoma beriladi va bu rasmiy hujjat hisoblanadi.
Tug‘ilishi qayd etilmagan va tug‘ilganligi haqida tibbiy ma’lumotnomasi bo‘lmagan shaxslarning tug‘ilganligini soddalashtirilgan tartibda qayd qilish bo‘yicha bir martalik aksiya o‘tkaziladi.
Aksiya doirasida fuqarolarning tug‘ilganligini qayd etish soddalashtirilgan tartibda turli imtiyozlar berilgan holda qayd etiladi.
Mavzuga oid
19:06 / 05.03.2025
O‘zbekiston MDH davlatlari uchun FHDYo yagona tizimini ishlab chiqadi
10:57 / 23.01.2025
Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi
07:30 / 15.03.2024
O‘zbekistonda ikki oyda qancha nikoh qayd etilgani aytildi
18:21 / 05.01.2024