Jahon | 14:33 / 29.07.2022
20220
4 daqiqa o‘qiladi

Baxmut zarba ostida - shahar bir kunda to‘rt bor o‘qqa tutildi. Urush suratlari

28 iyul kuni Rossiya Baxmut shahriga to‘rt bor raketa zarbalari yo‘lladi — uch kishi halok bo‘lib, uch kishi yaralangani, turar joy binolari vayron bo‘lgani xabar qilingan. Amerikadagi Urushlarni tadqiq qilish institutiga ko‘ra, rossiyalik harbiylar ushbu shaharni egallash uchun yurish boshlagan. Ukraina Bosh shtabi ham 29 iyul tongida, urushning 156-kunida bergan hisobotida rossiyalik harbiylar Baxmut va Donetsk tomon yurish qilayotgani aytilgan. Bu hujumlar hozircha qaytarilmoqda. Bu vaqtda Kiyev va Mikolayiv oblastlariga zarbalar davom etmoqda. Ukraina tomoni ham rossiyaliklarning front ortidagi omborlariga zarbalar yo‘llamoqda: Donetsk yaqinidagi Ilovaysk shahri hamda Xerson oblastidagi Brilyovka stansiyasida portlashlar ro‘y bergan.

Quyida 28 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kiyev

Orqa fonda — rossiyalik harbiylarning raketa zarbasidan ko‘tarilgan tutun. Kiyev oblastining Vishgorodskiy rayoniga zarba berildi. Oblast politsiyasi rahbari Ondriy Nebitovning so‘zlariga ko‘ra, «infratuzilma obekti» o‘qqa tutilgan. Kamida 15 kishi jarohatlangan.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA

 Mikolayiv

Mikolayivlik kishi rossiyalik harbiylarning raketa zarbasidan shikastlangan maktab binosi yaqinida. Hujum oqibatida shahardagi omborxona vayron bo‘lgan, qo‘riqchi yaralangan. Foto: Mykola Tymchenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli

Baxmutlik kishi ko‘chada ovqat pishirmoqda. U elektr va gaz bo‘lmasa-da, o‘z shahrida qolishga qaror qilgan, lekin o‘z uyi yerto‘lasiga ko‘chib o‘tgan.
Bulent Kilis / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutlik ayol singan deraza romini ko‘tarib ketmoqda — Rossiya raketasi uning uyi oldiga tushgan. 28 iyul kuni Rossiya harbiylari shaharni bir kunda to‘rt marta o‘qqa tutdi. Uch kishi halok bo‘lgani va uch kishi yaralangani aytilmoqda. Shuningdek, oltita ko‘p qavatli uy va oltita xususiy uy shikastlangan.
Bulent Kilis / AFP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zarbalari oqibatida halok bo‘lgan tinch aholi vakili. Amerikadagi Urushlarni tadqiq qilish instituti (ISW) yozishicha, sharqiy yo‘nalishda Rossiya qo‘shinlari Severskni egallashga bo‘lgan urinishlarning intensivligini kamaytirib, Baxmutga hujum uchun jamlangan bo‘lishi mumkin.
Diego Herrera Carcedo​ / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmutda halok bo‘lgan tinch aholi vakili
Diego Herrera Carcedo​ / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
O‘t o‘chiruvchilar o‘qqa tutilgan uydagi yong‘inni o‘chirmoqda. 28 iyul kuni Rossiya mudofaa vazirligi xabarida aytilishicha, raketa hujumining nishoni 72-mexanizatsiyalashgan brigada bataloni vaqtincha joylashtirilgan nuqta bo‘lgan. Rossiya rasmiylariga ko‘ra, shaxsiy tarkibda 70 nafarga yaqin odam halok bo‘lgan, kamida beshta zirhli texnika yo‘q qilingan. Rossiya mudofaa vazirligi qurbonlar orasida qancha tinch aholi borligi haqida ma’lumot bermadi.
Diego Herrera Carcedo​ / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati xodimi Baxmutga tashlangan bombalar qoldiqlarini ko‘zdan kechirmoqda.
Diego Herrera Carcedo​ / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

 

Mavzuga oid