Samarqandda ikki nafar ayol kaltaklandi. IIB holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati Samarqand tumanida ikki nafar ayolning kaltaklanishi bilan bog‘liq voqea bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
2022 yilning 21 iyul kuni Samarqand tumani “Yangiariq” MFY hududida 1980 yilda tug‘ilgan S.R., 1987 yilda tug‘ilgan A.B. hamda 1991 yilda tug‘ilgan I.Sh. va Yo.I. o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida o‘zaro janjal sodir bo‘lgan.
Janjal oqibatida S.R. va A.B. I.Sh. va Yo.I.ni urib, ularga tan jarohati yetkazishgan. Hodisa joyiga tuman IIB xodimlari chiqib, holat rasmiylashtirilgan.
Senat Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonovaning aytishicha, holat yuzasidan qo‘mita tomonidan IIV mas’ul xodimlari bilan birgalikda o‘rganish olib borildi.
“Huquqbuzarlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda, albatta, tegishli jazo chorasi qo‘llaniladi”, deydi u.
Bildirilishicha, hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024