Nogiron-amputantlar o‘rtasidagi JCh-2022ga qur’a tashlandi. O‘zbekiston Polsha, Ispaniya va Tanzaniyaga qarshi o‘ynaydi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogiron-amputantlar milliy jamoasining jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi.

Foto: O‘zbekiston nogiron-amputantlar milliy jamoasi
Unga ko‘ra O‘zbekiston «Ye» guruhidan o‘rin olgan holda Polsha, Ispaniya hamda Tanzaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Amputant futbolchilarimiz jahon chempionati oldidan Jizzax viloyati, Zomin tumanida navbatdagi o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, nogiron-amputantlar o‘rtasidagi jahon chempionati 30 sentabrdan 9 oktyabrgacha Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi besh karra jahon chempioni sanaladi. Jumladan, 1990 (AQSh), 1991 (O‘zbekiston), 2007 (Turkiya), 2010 (Argentina) hamda 2012 (Rossiya) yilgi jahon chempionatlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid

16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

21:29 / 23.03.2025
Tanzaniyada ulkan daraxtlarning yangi turi aniqlandi

20:24 / 14.12.2024
Qaysi mamlakat iqtisodiyoti 2024 yilda eng yaxshi natijalarga erishdi?

23:21 / 09.09.2024