Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzaniyada ulkan daraxtlarning yangi turi aniqlandi
Yoshi 3 ming yilga yetadigan ushbu daraxtlar juda sekin o‘sishi bilan ajralib turadi.
Keniya, Tanzaniya va Italiyadan bo‘lgan xalqaro botaniklar guruhi Tanzaniyaning sharqidagi Udzungva tog‘li o‘rmonlarida ulkan daraxtlarning yangi turini topdi. Unga Tessmannia princeps nomi berildi. Tadqiqot natijalari Phytotaxa ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
Olimlar uning nozik oq gulbarglari va uchlarida sariq tugunlari bo‘lgan g‘ayrioddiy gullariga e’tibor qaratgan. Barg va yog‘och namunalari tahlil qilingandan so‘ng, bu ilgari ilm-fanga ma’lum bo‘lmagan yangi tur ekani tasdiqlangan.
Princeps (lotincha «mislsiz») nomi daraxtning ulkan o‘lchamlari sabab tanlangan: u tropik o‘rmondagi boshqa o‘simliklardan baland bo‘lib, juda katta diametrga ega.
Tadqiqotchilar qayta tashrif davomida 100 ga yaqin shunday daraxtlarga duch kelgan. Tabiiy sabablarga ko‘ra qulab tushgan daraxtlarning biridan esa yog‘och namunalari olingan. Tahlil natijalari ba’zi daraxtlar 3 ming yosh ekanini ko‘rsatgan.
Tessmannia princeps juda sekin o‘sishi bilan ajralib turadi: tanasining aylanasi atigi bir santimetrga kengayishi uchun daraxtga 15 yilgacha vaqt kerak bo‘ladi. Bu esa uni tashqi ta’sirlarga nisbatan, ayniqsa, zaif qiladi.
Olimlarning ta’kidlashicha, bunday turdagi daraxtlarni himoya qilish uchun mintaqada inson faoliyatini qat’iy nazorat ostiga olish zarur.
Mavzuga oid
14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi
10:28 / 16.05.2025
Bahor mavsumida qancha daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgani aytildi
21:37 / 29.04.2025
Toshkentda ikkita Cobalt ustiga daraxt qulab tushdi
17:06 / 28.04.2025