Jahon | 14:28 / 01.08.2022
22482
6 daqiqa o‘qiladi

Donetsk yo‘llariga sochilgan minalar, Baxmut va Mikolayivda yong‘inlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 158-kuni o‘tdi. So‘nggi ma’lumotlar:

  • 31 iyul kuni RF mudofaa vazirligi Rossiya tomoni BMT va Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasi ekspertlarini Olenivkadagi harbiy asirlar o‘limini tekshirishga taklif qildi. Qizil Xoch qo‘mitasidagilar esa Rossiya tomonidan tergovga taklif qilingani haqida xabar olmaganini, tashkilot xodimlari esa Olenivkaga kiritilmaganini ma’lum qildi.
  • Sevastopolda Qora dengiz floti shtabida portlash ro‘y berdi, natijada olti kishi yaralangan. Mahalliy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, portlovchi qurilma dron orqali eltilgan. Shaharda terrorchilik xavfining «to‘qsariq» darajasi e’lon qilindi, harbiy-dengiz floti kuchlari bayrami munosabati bilan reja qilingan tadbirlar bekor qilindi.
  • Mikolayivga navbatdagi zarbalar oqibatida Ukrainaning eng badavlat kishilari qatorida turuvchi, «Nibulon» agrar kompaniyasi asoschisi Oleksiy Vadaturskiy va uning rafiqasi halok bo‘ldi.
  • Donetskda ko‘chalarda piyodalarga qarshi «gulbarg»-minalar paydo bo‘ldi: mahalliy rasmiylar bunday mitti minalar Ukraina qurolli kuchlari tomonidan tashlanganini aytdi, Ukraina tomoni bu ma’lumotni rasman izohlamagan.

Quyida 31 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Donbass shimoli

Pokrovskdan Dneprga kelgan qizchaga poyezd vagonidan tushishda yordam berayotgan ko‘ngilli. 28 iyul kuni rossiyalik harbiylar Pokrovskdagi temiryo‘l stansiyasini o‘qqa tutdi. Mahalliy rasmiylar shahar aholisidan evakuatsiya bo‘lishni «oxirgi daqiqalarga qoldirmaslik»ni so‘radi
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmutdagi o‘t ketgan maydon uzra quyuq tutun. Amerika Urushlarni o‘rganish instituti (ISW) rossiyalik harbiylar Baxmut yo‘nalishida kuchlarini jamlayotganini ma’lum qilgan. ISW mutaxassislari hisoblashicha, rossiyaliklar yaxshi himoyalangan Baxmutni egallay olishi dargumon.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
28 iyul kuni Baxmut rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan kishi jasadini shahar markazidagi maydondan olib ketishmoqda. O‘sha kuni jami to‘rt kishi halok bo‘lgan, yana besh kishi yaralangan. Donetsk harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko rossiyaliklar kassetali o‘q-dorilar ishlatganini aytdi.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Baxmut o‘qqa tutilgach tutundan yuzini to‘sayotgan mahalliy aholi vakili. 31 iyul kuni rossiyalik harbiylar shaharni bir necha bor o‘qqa tutdi, snaryadlar mahalliy shifoxona va aholi turar joy uylari joylashgan hududga kelib tushgan. Bu zarbalar oqibatida qurbonlar va yaralanganlar bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
FVV xodimi Baxmutga kelib tushgan kassetali bombalar qoldiqlarini ko‘zdan kechirmoqda. Bunday o‘q-dori 2008 yilda tuzilgan Kassetali o‘q-dorilar bo‘yicha konvensiya orqali taqiqlangan. Human Righs Watch’ning may oyidagi hisobotiga ko‘ra, Ukrainadagi urushda ikki tomon ham kassetali bombalar qo‘llagan.
Diego Herrera Carced​o / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetskda sapyorlar tomonidan qo‘yilgan belgilar. Mutaxassislar shaharni minalardan tozalash bo‘yicha ishlashmoqda. Donetsk shahri aholisi vakillari markaziy tumanlarda «gulbarg» minalar — kichik, payqash qiyin bo‘lgan portlovchi qurilmalarni topib olishmoqda. Shu tufayli 31 iyul kuni Donetskda transport harakati qisman to‘xtatildi. Ayrim mashinalar shunday minalarga tushib portlab ketgan.
Leon Klein / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Rossiyaparast kuchlar harbiysi Donetsk ko‘chalarini piyodalarga qarshi minalardan tozalash ishlari chog‘ida robotlashtirilgan «Uran-6» minasizlashtirish kompleksi bilan ishlamoqda. 
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv oblasti 

Xarkivlik yigit shahar shimolidagi Saltovka rayoniga yo‘llangan aviazarbadan keyin yerga qadalib qolgan raketa parchasini tekshirmoqda. Saltovka tinimsiz zarbalar ostida qolgan, so‘nggisi 1 avgust kuni ro‘y berdi, ikki kishi yaralandi.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Egasiz mushuklar Saltovkadagi qarovsiz qolgan ko‘p qavatli uy hovlisida quyoshdan soyalamoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Xarkivda raketa zarbalaridan shikastlangan sanoat ishlab chiqarish binosi
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchi Xarkivga yo‘llangan aviazarba hududida ishlamoqda
GSChS Ukrainy / AFP / Scanpix / LETA

Mikolayiv 

Mikolayivlik keksa yoshli ayol
Kostyantin і Vlada Lіberovi
Qutqaruvchilar aviazarbalardan vayron bo‘lgan kvartirani ko‘zdan kechirishmoqda. Rossiya qo‘shini Mikolayivni so‘nggi bir necha kun davomida o‘qqa tutdi. 31 iyulga o‘tar kechasi ikki kishi halok bo‘lib, bir kishi yaralandi. Qurbonlar — Ukrainaning eng badavlat kishilari ro‘yxatida turuvchi Oleksiy Vadaturskiy va uning rafiqasi
Kostyantin і Vlada Lіberovi
Mikolayivdagi turar joy hovlisida hosil bo‘lgan o‘ra. 1 avgustga o‘tar kechasi shaharda yana portlash ovozlari eshitildi
Kostyantin і Vlada Lіberovi
Vayron bo‘lgan binoda olovni o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchi
Kostyantin і Vlada Lіberovi

Dnepr 

Dnepr sohilida quyosh botishini tomosha qilayotgan oila
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid