Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda giyohvand o‘simliklar yetishtiriladigan «plantatsiya» fosh etildi
Ikki nafar shaxs 4,5 sotix yerda qariyb 800 tup kannabisni parvarishlab kelgan. Giyohvand o‘simliklarning bo‘yi 3 metrgacha yetgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 29 iyul kuni Ishtixon tumani IIB tomonidan, tumanning Barlos mahallasidagi xonadonlardan birida yashovchi ota va uning o‘g‘li 4,5 sotix yerda kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlayotgani aniqlangan.
Kannabis o‘simligini yo‘q qilish jarayonida IIB xodimlari tomonidan sanoqdan o‘tkazilganda ularning soni 724 tup ekani va o‘simliklarning balandligi 80 santimetrdan 3 metrgacha yetgani aniqlangan.
Surishtiruvlar davomida fuqaro giyohvand o‘simliklar yetishtirishni 2021 yilda boshlaganini, marixuanani qaynog‘asiga yetishtirib berganini va buning uchun xizmat haqi olganini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi fuqarolarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025